Bugun
67
O'zbek

A Seriya. «Yuventus» mehmonda «Sassuolo»ga yutqazib qo‘ydi

Futbol
13 sentabr, 16:39
    1
Mezbonlar 90+4-daqiqada turinliklar darvozasiga gol urib, g‘alabani ilib ketdi.
A Seriya. «Yuventus» mehmonda «Sassuolo»ga yutqazib qo‘ydi
Фото: Getty Images
13.09.2026 FT Italiya A seriyasi Sassuolo Sassuolo 3 : 2 Yuventus Yuventus

Italiya chempionatining 4-turida «Yuventus» mehmonda «Sassuolo»ga qarshi o‘ynadi. Bahs 3:2 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Dastlab 65-daqiqada Espozito gol urib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 82-daqiqada Jegrova muvozanatni tikladi.89-daqiqada Bovie gol urgan bo‘lsa, 90+1-daqiqada Jegrova yana muvozanatni tikladi. 90+4-daqiqada Adzich g‘alaba goliga mualliflik qildi.

Bu natijadan so‘ng Turin klubi 7 ochko bilan 8-o‘rinni, «Sassuolo» 7 ochko bilan 9-pog‘onani egallab turibdi.

A Seriya. 4-tur
Sassuolo — Yuventus 3:2
Gollar:
Esposito 65, Bovie 89, Adzich 90+4– Jegrova 82, 90+1
13 sentyabr, «Mapey»
Sassuolo —
Murich, Chinkegrano, Leysen, Lipani (Bakola, 55), Berardi (Bovie, 71), Doyg, Idzes, Lorente, Matich, Torstvedt (Adzich, 71), Espozito (Dominges, 71).
Yuventus —
Vikario, Kalulu, Bremer, Lukumi, Chelik, Luis, Kopmeyners (Sarr, 71), Gonsales (Voltemade, 60), Konseysau (Jegrova, 60), Alaybegovich, Kolo-Muani.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sassuolo Sassuolo
  • Yuventus Yuventus
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar