«Yuventus»ning sobiq futbolchisi Terri Anri Turin klubida nima sababdan 6-raqamli libosda to‘p tepganini tushuntirdi.
«Menda 6-raqam bor edi. Nimani kutgandingiz? Bu 12 ning yarmi-ku, sabab shunda! Oxir-oqibat, bu raqam menga mos ham tushdi, chunki men qanot himoyachisi pozitsiyasida o‘ynardim», — deya Anrining so‘zlarini Goal portali Tuttosport nashriga tayanib keltirmoqda.
Ma’lumot uchun, Anri faoliyatining katta qismini 12 va 14-raqamli liboslarda o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, fransiyalik futbolchi «Yuventus» safida 1999 yilda to‘p tepgan. U Turin klubi tarkibida 20 ta bahsda qatnashib, 3 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Anri 1998 yilda Fransiya milliy jamoasi bilan jahon chempioniga aylangan.