Italiya chempionatining 36-turida "Juventus" mehmonda "Lecce" bilan bellashib, 1:0 hisobida g'alaba qozondi.
"Zebralar" safida yagona gol 10-soniyada Dushan Vlahovich hisobiga yozildi.
Shu tariqa, "zebralar" ochkolari sonini 68 taga yetkazib, 3-o'ringa ko'tarildi. "Lecce" esa 32 ochko bilan 17-pog'onada.
A Seriya. 36-tur
Lecce – Juventus 0:1
Gollar: Vlahovich 1
Juventus – Di Gregorio, Kalulu, Bremer, Kelly, Cambiaso (Devid, 83), Lokatelli, Koopmeiners, Konseysau, Makkenni (Gatti, 86), Yildiz (Boga, 83), Vlahovich (Holm, 77).