Live
5
O'zbek

A Seriya. «Komo» safarda «Jenoa»ni mag‘lub etdi (Videosharh)

Futbol
26 aprel, 11:07
Fabregas jamoasi muhim g‘alabaga erishdi.
A Seriya. «Komo» safarda «Jenoa»ni mag‘lub etdi (Videosharh)
Foto: Getty Images
26.04.2026 FT Italiya A seriyasi Jenoa Jenoa 0 : 2 Komo Komo

Italiya A Seriyasining 34-turida «Komo» safarda «Jenoa» ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Bellashuv boshidayoq mehmonlar hisobni ochdi — Lukas Da Kunya uzatmasidan so‘ng Anastasios Duvikas gol urdi. 68-daqiqada esa Assane Diao Makans Kakere assistidan keyin hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

Mazkur natijadan so‘ng «Komo» 61 ochko bilan turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarildi. «Jenoa» esa 39 ochko bilan 14-pog‘onada qolmoqda.

A Aeriya. 34-tur
Jenoa – Komo 0:2
Gollar: Duvikas (Da Kunya) (0:1), Diao (Kakere) 68 (0:2).

Jenoa: Butez, Smolchich, Ramon, Diego Karlos (Kempf, 57), Valle, Perrone, Da Kunya, Diao (van der Brempt, 81), Pas (Kakere, 46), Baturina (Kyun, 90), Duvikas (Morata, 81).
Komo: Beylo (Leali, 46), Markandalli, Estigor, Otoa (Messias, 57), Vaskez, Sabelli (Korne, 81), Frennrup, Amorim (Malinovskiy, 70), Ellertsson, Ehator (Kolombo, 70), Oliveyra.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jenoa Jenoa
  • Komo Komo
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar