Live
9
O'zbek

A Seriya. Fullkrugning debyut goli «Milan»ga g'alaba keltirdi (videosharh)

Futbol
18 yanvar, 16:40
Allegri jamoasi peshqadam «Inter»dan 3 ochkoga ortda qolmoqda.
A Seriya. Fullkrugning debyut goli «Milan»ga g'alaba keltirdi (videosharh)
Foto: AC Milan
18.01.2026 FT Italiya A seriyasi Milan Milan 1 : 0 Lechche Lechche

Italiya chempionatining 21-turida «Milan» o'z maydonida «Lechche» ustidan qiyin g'alabaga erishdi.

«Rossoneri» safiga qishki transferlar oynasida kelib qo'shilgan germaniyalik hujumchi Niklas Fullkrug jamoada debyut goli bilan milanliklarga 3 ochko keltirdi.

Allegri jamoasi ochkolarini 43 taga yetkazib, peshqadam «Inter»ni (46) ta'qib etishda davom etmoqda. «Lechche» 17 ochko bilan 18-pog'onada qoldi.

A Seriya. 21-tur
Milan — Lechche 1:0
18 yanvar, «San-Siro»
Gol: Fullkrug (76).
Milan — Menyan, Tomori, Gabbia, De Vinter, Salemakers (Atekame, 80), Richchi (Loftus-Chik, 73), Yashari (Modrich, 87), Rabio, Estupinyan, Pulishich (Fullkrug, 72), Leau (Nkunku, 87).
Lechche — Falkone, Ndaba, Siebert, Gabriel, Gallo (Ndri, 84), Gandelman, Ramadani (Maleh, 84), Kulibali, Sottil (Banda, 54), Stulich (Morente, 68), Pierotti.
Ogohlantirishlar: De Vinter (21), Ramadani (84).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
  • Lechche Lechche
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar