Yevropa Konferensiyalar Ligasida nimchorakfinalning birinchi o‘yinlari yakunlandi.
"Fiorentina" Polsha klubi ustidan irodali g'alabani qo'lga kiritdi. "Kristal Pelas" Kipr jamoasi darvozasiga yo'l topolmadi. "Maynts" ham golsiz durang qayd etdi. AEK keyingi bosqich masalasini deyarli hal qildi.
Avvalroq 4 ta bahs bo'lib o'tgandi. Javob bellashuvlari 19 mart kuni bo'lib o'tadi.
EKL. 1/8 final
Birinchi o‘yinlar. 12 mart
Kristal Pelas — AEK Larnaka 0:0
Fiorentina — Rakuv 2:1
Gollar: N'Dur (62), Gudmundsson (90+3, penalti) — Brunes (60).
Sigma Olomouts — Mayns 0:0
Sele — AEK 0:4
Gollar: Varga (3), Koita (33), Gachinovich (36), Mukudi (49).