«Kristal Pelas» hujumchisi Jan-Filipp Mateta qishki transferlar oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «burgutlar» fransiyalik 29 yoshli futbolchini qishki transfer vaqtida sotuvga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq Mateta va klub rahbariyati o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgandi.
Matetani o‘z safiga qo‘shib olishga «Manchester Yunayted» klubi anchadan beri qiziqish bildirib kelmoqda. Shuningdek, «Milan» va Saudiya Arabistoni chempionatining bir qator klublari e’tiborini ham tortgan.
Transfermarkt portali tomonidan 30 million yevroga baholanmoqda. Matetaning «Kristal Pelas» bilan shartnomasi kelasi yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi.
Bu mavsumda hujumchi jamoasi safida Angliya Premyer-ligasida bitta uchrashuvda maydonga tushdi.