Hal qiluvchi bahsda Germaniyaning «Frayburg» hamda Angliyaning «Aston Villa» klublari o‘zaro to‘qnash keladi.
Uchrashuv Turkiyaning Istanbul shahridagi «Tyupresh» stadionida tashkil etiladi. Bellashuvni fransiyalik hakam Fransua Leteksye boshqarib boradi.
Final bahsi 20 may kuni Toshkent vaqti bilan 23:59 da start oladi.
Yarimfinalda «Frayburg» Portugaliyaning «Braga» klubini ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 4:3 hisobida mag‘lub etgan edi.
«Aston Villa» esa ushbu bosqichda «Nottinghem Forest»dan ustun keldi — 4:1.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi Yevropa Ligasi g‘olibi Londonning «Tottenhem» klubi hisoblanadi. Angliyaliklar o‘tgan yilgi finalda «Manchester Yunayted»ni 1:0 hisobida mag‘lub etgandi.