Live
3
O'zbek

"Volfsburg" 30 yildan so'ng ilk bor Bundesligadan tushib ketdi

Futbol
26 may, 01:50
"Bo'rilar" 2008/2009 yilgi mavsumda Germaniya chempioni ham bo'lgan.
"Volfsburg" 30 yildan so'ng ilk bor Bundesligadan tushib ketdi
Foto: VFL Wolfsburg
25.05.2026 AET Bundesliga Germaniya Paderborn Paderborn 2 : 1 Volfsburg Volfsburg

"Volfsburg" Bundesligadan quyi divizionga tushib ketdi.

Diter Xekking shogirdlari kelasi mavsum Bundesligada o'ynash huquqi uchun o'tkazilgan pley-off javob o'yinida "Paderborn"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi (birinchi o'yin – 0:0).

Mehmonlar safida Jenan Peychinovich 3-daqiqada hisobni ochdi. So'ng Filip Bilbiya 38-daqiqada muvozanatni tikladi, Laurin Kurda esa 100-daqiqada maydon egalari hisobda oldinga olib chiqdi.

Qayd etish lozim, "bo'rilar" 14-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo'lib o'ynadi. Shu tariqa, "Volfsburg" 1996/1997 yilgi mavsumdan beri ilk bor Germaniya ikkinchi divizionida o'ynaydi. Klub 1997 yilda tarixda ilk bor oliy divizionga chiqqan va shu kungacha Bundesligani tark etmagandi.

2008/2009 yilgi mavsumda esa "Volfsburg" Germaniya chempioni ham bo'lgan. 2015 yilda jamoa mamlakat kubogi va superkubogini qo'lga kiritgan.

"Paderborn" esa olti mavsumdan so'ng yana Bundesligaga qaytdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paderborn Paderborn
  • Volfsburg Volfsburg
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Bugungi yangiliklar