Bundesligada qolish uchun o'tish bahsida «Padeborn» klubi o'z maydonida «Volfsburg»ni qabul qildi.
Bellashuv 2:1 hisobida mezbonlarning g'alabasi bilan yakuniga yetdi. Dastlab 3-daqiqada Peychinovich mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 14-daqiqada «bo'rilar» maydonda bir kishi kam bo'lib qoldi.
Bilbilya birinchi bo'limning oxirida muvozanatni tikladi. Kurda esa qo'shimcha bo'limda mezbonlar safida g'alaba goliga mualliflik qildi.
Shu tariqa, «Padeborn» ikkinchi o'yin natijasiga ko'ra, g'alaba qozonib, Bundesligada ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi. «Volfsburg» esa quyi ligaga tushib ketdi.
Bundesliga. Pley-off
Padeborn – Volfsburg 2:1
Gollar: Bilbilya 38, Kurda 100 – Peychinovich 3