Ispaniyaning «Vilyarreal» klubi so‘nggi 20 yil ichidagi eng muvaffaqiyatli mavsumlaridan birini o‘tkazmoqda.
Ayni paytda jamoa La Liga turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda va ushbu pozitsiyani saqlab qolish uchun qolgan uch turda 4 ochko jamg‘arishi yetarli bo‘ladi.
«Vilyarreal» oxirgi marta bunchalik yuqori natijani 2007/08 yilgi mavsumda qayd etgan edi. O‘shanda klub hattoki «Barselona»ni ortda qoldirib, Ispaniya chempionatini 2-o‘rinda yakunlagan.
Shuningdek, «sariq suvosti kemasi» 2011 va 2016 yillarda mavsumni 4-pog‘onada tugatgan edi.
Endilikda esa klub yana La Liga top-uchligidan joy olish imkoniyatiga ega bo‘lib turibdi.