«Arsenal»ning sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanovni eʼtirof etdi.
«Murabbiylar unga oʻxshagan futbolchilarni yoqtirishadi — ego yoʻq, xavotir yoʻq, faqat himoya.
Uni hozirgacha Premyer-ligada atigi 3 marta aldab oʻtishdi. Shu statistikadan oʻzi ham uning konsentratsiyasi va intizomidan darak beradi», — dedi fransiyalik mutaxassis oʻzbekistonlik futbolchi haqida.
Maʼlumot uchun, Husanov bu mavsumda APLda 15 ta o‘yin o‘tkazib, 2 bor sariq kartochka oldi.