Live
1
O'zbek

Toshkent va vodiyda derbi. Bugun Superligada 14-tur oʻyinlari start oladi

Futbol
26 iyul, 02:04
Markaziy bellashuvlar Toshkent va Fargʻonada boʻlib oʻtadi.
Toshkent va vodiyda derbi. Bugun Superligada 14-tur oʻyinlari start oladi
Фото: Андижон ПФК

Bugun, 26 iyul kuni Superligada 14-tur oʻyinlari start oladi. Turnning ilk bahsida muxlislar Toshkent derbisiga guvoh boʻlishadi. «Bunyodkor» va «Paxtakor» oʻzaro toʻqnash keladi.

Shuningdek, ushbu turda «Neftchi» va «Navbahor» ham oʻzaro bellashadi. «Andijon» esa «Buxoro»ni qabul qiladi. «Dinamo» Samarqandda «Qoʻqon-1912»ga qarshi bellashadi. Aynan shu bahs turning soʻnggi oʻyini hisoblanadi.

14-tur oʻyinlari roʻyxati:
26 iyul (yakshanba)

20:00. Bunyodkor – Paxtakor

27 iyul (dushanba)

20:00. Andijon – Buxoro
20:00. OKMK – Mash'al
20:00. Lokomotiv – Soʻgʻdiyona

28 iyul (seshanba)

20:00. Xorazm – Surxon
20:00. Nasaf – Qizilqum
20:00. Neftchi – Navbahor

29 iyul (chorshanba)

20:00. Dinamo – Qoʻqon-1912

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar