Live
1
O'zbek

Superliga. «Bunyodkor» mehmonda «So‘g‘diyona»dan ustun keldi (videosharh)

Futbol
19 aprel, 08:56
Mehmonlar kambek qilib, muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Superliga. «Bunyodkor» mehmonda «So‘g‘diyona»dan ustun keldi (videosharh)
Foto: PFL

Superliga 8-turi doirasida «So‘g‘diyona» o‘z maydonida «Bunyodkor»ni qabul qilib, 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Bahsni mezbonlar faol boshladi va Lyupcho Doriev dubli evaziga 2:0 hisobida oldinga chiqib oldi. Biroq birinchi bo‘lim oxirida Bilolxon Toshmirzaev hisobni qisqartirdi. Ikkinchi bo‘limda esa u yana ikki bor gol urib, xet-trik qayd etdi va jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Ushbu natijadan so‘ng «Bunyodkor» ochkolarini 16 taga yetkazib, turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi. «So‘g‘diyona» esa 5 ochko bilan 15-pog‘onada qolmoqda.

Superliga. 8-tur
So‘g‘diyona – Bunyodkor 2:3
Gollar: Doriyev 4, 26 – Toshmirzaev 38, 50, 69

So‘g‘diyona: Isoqov, Jo‘raboev, Qobilov, Ahadov, Mulich (Bolevich, 60), Qahramonov (Izzatov, 55), Jo‘raqo‘ziev, Ivanovich, Doriyev, Karimov, Soyibov.
Bunyodkor: Botti, Normurodov, Yo‘ldoshev, Pletnev, Abdunabiev, Olimjonov, Abdusalomov, Rahimjonov, Mavlonqulov, To‘lqunbekov, Toshmirzaev.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bunyodkor Bunyodkor
  • So'g'diyona So'g'diyona
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar