Live
2
O'zbek

Saudiya Proligasi. "Al Hilol" 6 ta gol urdi, Benzemada debyut va het-trik

Futbol
5 fevral, 14:40
"Al Ahli" ham g'alaba qozondi va 2-o'ringa ko'tarildi.
Saudiya Proligasi. "Al Hilol" 6 ta gol urdi, Benzemada debyut va het-trik
Foto: Al Hilal
05.02.2026 FT Saudiya Arabistoni Pro-ligasi Al-Okhdood Al-Okhdood 0 : 6 Al-Hilal Al-Hilal

Saudiya Arabistoni chempionatining 21-turida peshqadam "Al Hilol" (50) safarda "Al Ahudud" (10, 17-o'rin) darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi. Riyodliklar safida debyutini o'tkazgan fransiyalik hujumchi Karim Benzema het-trik va assistni o'z hisobiga yozdirib qo'yib, bellashuvning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

Karim Benzema
Foto: Al Hilal

Yana bir bahsda "Al Ahli" (47) o'z uyida "Al Hazm"dan (21, 12-o'rin) ustun kelib, 2-o'ringa ko'tarilib oldi.

Saudiya Proligasi. 21-tur. 5 fevral
Al Ahudud — Al Hilol 0:6
Gollar: Benzema (31, 60, 64), Malkom (70), Salim Ad Dosari (74, 90+3).
Al Hilol — Bunu, Al Yami (Darisi, 78), Lajami, Kulibali (Al Mutairi, 84), Ernandes (Al Havsavi, 71), Milinkovich-Savich (Buabre, 84), Nevesh, Nosir Ad Dosari, Malkom, Salim Ad Dosari, Benzema (Mandash, 71).

Al Ahli — Al Hazm 2:0
Gollar: Touni (58), Tanker (76, avto-gol).
Al Ahli — Mendi, Abdurahmon (Madani, 90+3), Hamidu, Ibanez, Dams (Al Havsavi, 64), Al Johani, Kessie (Al Muvallad, 81), Mahrez (Ash Shamat, 80), Gonsalvesh, Galeno (Al Buraykan, 64), Touni.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al-Okhdood Al-Okhdood
  • Al-Hilal Al-Hilal
  • Saudiya Arabistoni Pro-ligasi Saudiya Arabistoni Pro-ligasi
Bugungi yangiliklar