Live
1
O'zbek

«Sanderlend» 53 yildan keyin yevrokuboklarga qaytdi

Futbol
24 may, 13:52
«Qora mushuklar» keyingi mavsum Yevropa Ligasida ishtirok etadi.
«Sanderlend» 53 yildan keyin yevrokuboklarga qaytdi
Foto: Getty Images
24.05.2026 FT Angliya Premer-ligasi Sanderlend Sanderlend 2 : 1 Chelsi Chelsi

«Sanderlend» APLning so‘nggi turida «Chelsi»ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, turnir jadvalida 7-o‘rinni rasman band qildi.

Ushbu natija jamoaga kelasi mavsum Yevropa Ligasi yo‘llanmasini taqdim etdi.

Qayd etilishicha, «Sanderlend» o‘z tarixida faqat bir marta Yevrokuboklarda qatnashgan. Bu 1973/74-yilgi mavsumda Angliya Kubogidagi tarixiy g‘alabadan keyin sodir bo‘lgan edi.

Shu tariqa, Angliya shimolidagi klub 53 yillik tanaffusdan so‘ng yana Yevropa futboliga qaytmoqda.

Ma’lumot uchun, bu «Sanderlend»ning Chempionshipdan APLga qaytganidan keyingi ilk mavsumi bo‘ldi. Jamoani ayni paytda Rejis Le Bri boshqarmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sanderlend Sanderlend
  • Chelsi Chelsi
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar