Bugun
6
O'zbek

Saloh: "Kelajagim bo'yicha hali qaror qabul qilmadim"

Futbol
2 may, 01:15
"Liverpul" vingeri kelajagi haqida fikr bildirdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Saloh: "Kelajagim bo'yicha hali qaror qabul qilmadim"
Foto: Getty Images

"Liverpul" vingeri Muhammad Saloh kelajagi haqida fikr bildirdi.

"Rostini aytsam, kelajagim bo'yicha hali qaror qabul qilmadim. Menda ko'plab variantlar bor. Hozir eng muhimi — jismoniy holatim juda yaxshi.

Men ko'p yillar davomida qattiq mehnat qildim va endi bu mehnatlarim samara berayotganini his qilyapman. Oldinda nima kutayotganini esa ko'ramiz", — dedi Saloh.

Ma'lumot o'rnida, Muhammad 2017 yildan buyon "Liverpul" safida to'p tepib kelmoqda. Ushbu mavsumda u 39 ta o'yinda 12 ta gol va 9 ta assistga mualliflik qildi.

Avvalroq "An Nasr" Saloh uchun kurashga qo'shilishga tayyor ekani ma'lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar