Bugun
28
O'zbek

Safonov «Bavariya» ustidan qozonilgan g‘alabaga munosabat bildirdi

Futbol
29 aprel, 07:43
«PSJ» darvozaboni YECHL birinchi yarimfinal o‘yinidagi g‘alabadan keyin taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Safonov «Bavariya» ustidan qozonilgan g‘alabaga munosabat bildirdi
Foto: Gettyimages
28.04.2026 FT Chempionlar ligasi Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain 5 : 4 Bavariya Bavariya

«PSJ»ning rossiyalik darvozaboni Matvey Safonov Liga chempionlari birinchi yarim final uchrashuvida "Bavariya"ga qarshi jamoaning 5:4 hisobidagi g‘alabasidan keyingi hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi. Darvozabon birinchi daqiqalardanoq maydonga tushib, butun uchrashuvni o‘tkazdi.

«Menimcha, aynan shunday bahslar haqida faoliyating davomida barmoq bilan sanab chiqsa bo‘ladigan, deyishadi. Hozircha tomoshaning birinchi qismi yakunlandi, ikkinchi qismga tayyorgarlik ko‘ryapmiz», — deb yozdi Safonov telegramdagi kanalida.

Ma’lumot uchun, «Bavariya» va «PSJ» javob bellashuvi Myunxenda 6-may kuni o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, g‘olib Londoning «Arsenal» yoki Madridning «Atletiko» jamoalari juftligi g‘olibi bilan finalda uchrashadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Bavariya Bavariya
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar