«Bavariya» posboni Manuel Noyer Chempionlar ligasi yarimfinal ilk bahslarida eng past reyting ballini oldi.
WhoScored ma’lumotiga ko‘ra, germaniyalik darvozabon «PSJ»ga qarshi o‘yinda 4,83 ballga loyiq ko‘rilgan. Ushbu baho yarim finalning barcha ishtirokchilari orasida eng past ko‘rsatkich bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Parijda o‘tgan bahsda «Bavariya» 4:5 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Qiziq tomoni, «PSJ» futbolchilari ushbu o‘yinda darvoza tomon atigi 5 ta aniq zarba yo‘llagan va ularning barchasi gol bilan yakunlangan.
Ma’lumot uchun, javob bahsi 6-may kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o’tamiz, boshqa yarimfinal juftligida esa «Atletiko» va «Arsenal» ilk o‘yinda 1:1 hisobida durang o‘ynagan.