Chempionlar Ligasi yarimfinal bosqichining ilk o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
“PSJ” o‘z maydonida “Bavariya”ni 5:4 hisobida mag‘lub etdi, “Atletiko” va “Arsenal” qarama-qarshiligida esa g‘olib aniqlanmadi — 1:1.
Opta superkompyuterining yangilangan hisob-kitoblariga ko‘ra, hozirgi vaziyatda turnir favoriti “Arsenal” bo‘lib turibdi — chempionlik ehtimoli 39 foiz. 2-o‘rinda qariyb 31 foizlik ko‘rsatkich bilan “PSJ”, 3-pog‘onada esa “Bavariya” qayd etilgan (22 foiz). Sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyati eng past jamoa hozircha “Atletiko” bo‘lib turibdi (8 foizdan kam ko‘rsatkich).
Ma’lumot o‘rnida, javob o‘yinlari 5 va 6 may kunlari mos ravishda London va Myunxen shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Final esa 30 may kuni Budapeshtda o‘tkaziladi.