«Bavariya»ning Chempionlar ligasi yarimfinal bahsida «PSJ»ga qarshi 4:5 hisobidagi mag‘lubiyati Myunxen klubning ushbu musobaqada fransuz grandidan qabul qilib olgan yettinchi mag‘lubiyati sifatida tarixga kirdi. «Bavariya» faqat «Real Madrid»ga bundan ko‘proq (10 marta) yutqazgan.
Ma’lumot uchun, o‘yin Parijdagi «Park de Prens» stadionida bo‘lib o‘tdi. Bahsni bosh hakami sifatida Sandro Sherer (Byuttikon, Shveysariya) boshqarib bordi.
«Bavariya» va «PSJ» javob bellashuvi Myunxenda 6-may kuni o‘tkaziladi.
G‘olib Londoning «Arsenal» yoki Madridning «Atletiko» jamoalari juftligi g‘olibi bilan finalda uchrashadi.