«Pari Sen-Jermen» vingeri Xvicha Kvaratsxeliya Chempionlar Ligasining bir mavsumi davomida samarali harakatlar soni bo‘yicha klubning yangi rekordini o‘rnatdi.
Gruziyalik futbolchi seshanba kuni bo‘lib o‘tgan «Bavariya» bilan yarimfinalning birinchi bellashuvining (5:4) asosiy qahramonlaridan biriga aylandi. Futbolchi raqib darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi. Shunday qilib, 25 yoshli Xvicha hisobida bu mavsumda Chempionlar Ligasi doirasidagi bellashuvlarda «gol + pas» tizimi bo‘yicha 15 ta (10+5) ochko mavjud – PSJning yangi rekordi.
Avvalgi rekord Usmon Dembelega tegishli bo‘lib, u o‘tgan mavsumda jamoaning 14 ta golida ishtirok etgan (8+6). Ma’lumot uchun, keyinroq fransiyalik futbolchi «Oltin to‘p» sovriniga ega chiqqandi.
«Bavariya» va «PSJ» javob bellashuvi Myunxenda 6 may kuni o‘tkaziladi.
G‘olib Londoning «Arsenal» yoki Madridning «Atletiko» jamoalari juftligi g‘olibi bilan finalda uchrashadi.