Live
2
O'zbek

YChLda yil o'yini. 9 ta gol urilgan «super otishma»da «PSJ» «Bavariya»ni mag'lub etdi (videosharh)

Futbol
28 aprel, 17:00
Parijdagi yarimfinalda hokkeycha hisob qayd etildi. Go'zal «spektakl»ning ikkinchi qismi 6 may kuni Myunxenda bo'ladi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
YChLda yil o'yini. 9 ta gol urilgan «super otishma»da «PSJ» «Bavariya»ni mag'lub etdi (videosharh)
Foto: Getty Images
28.04.2026 FT Chempionlar ligasi Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain 5 : 4 Bavariya Bavariya

Yevropa Chempionlar Ligasida yarimfinal super o'yin bilan boshlandi.

Parijdagi yarimfinalning birinchi o'yinida turnirning amaldagi chempioni «PSJ» Germaniyaning tengsiz klubi «Bavariya» bilan gollar shousi uyushtirib, bir to'p farqida g'alaba qozondi.

Ehtimoliy yil o'yinida 9 ta gol urildi. Mezbonlardan Xvicha va Dembele dublga erishdi, mehmonlar hujumidagi Keyn-Olise-Dias triosi ham o'zini ko'rsatdi.

Javob bahsi 6 may kuni Myunxenda o'tkaziladi.

Ma'lumot o'rnida, ikkinchi yarimfinalda 29 aprel kuni «Atletiko» Madridda «Arsenal» bilan o'ynaydi.

YChL. Yarimfinal
Birinchi o'yin
PSJ — Bavariya 5:4
28 aprel, «Park de Prens»
Gollar: Kvaratsxeliya (24, 56), Nevesh (33), Dembele (45+5 penalti, 58) — Keyn (17, penalti), Olise (41), Upamekano (65), Dias (68).
PSJ — Safonov, Hakimi, Markinos, Pacho, Mendesh (Ernandes, 84), Vitinya, Nevesh, Zair-Emeri (Ruis, 64), Due (Barkolya, 70), Kvaratsxeliya (Mayulu, 84), Dembele.
Bavariya — Noyer, Upamekano, Ta, Devis (Laymer, 46), Stanishich, Kimmix, Pavlovich (Jekson, 90+3), Musiala (Goretska, 80), Dias, Olise, Keyn.
Ogohlantirishlar: Markinos (12), Ruis (77), Hakimi (80).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Bavariya Bavariya
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar