«Bavariya» kuzatuv kengashi a’zosi Karl-Xayns Rummenigge jamoaning fransiyalik vinger Maykl Olisening shartnomasi bo‘yicha izoh berdi.
«Mayklning shartnomasi 2029-yilgacha amal qiladi. Qachondir klub u bilan muzokaralar stoliga o‘tirishi va munosib taklif kiritishi kerak bo‘ladi. Olise o‘z pozitsiyasidagi unikal futbolchi», - deya Rummeniggening so‘zlaridan iqtibos keltiradi insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasi orqali.
Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli yarimhimoyachi Germaniya Bundesligasining ushbu mavsumida to‘rtta o‘yin o‘tkazib, to‘rtta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirib ulgurdi.
Ma’lumot uchun, Olisening aktual transfer narxi 170 million yevroga baholanmoqda.