«An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining 2025/26 yilgi mavsumidagi eng yaxshi futbolchi sovriniga nomzodlar qatoridan joy oldi.
41 yoshli portugaliyalik bilan birga yana to‘rt futbolchi ushbu mukofot uchun kurash olib boradi.
Nomzodlar ro‘yxatidan Joau Feliks («An Nasr»), Ruben Nevesh («Al Hilol»), Ayven Touni («Al Ahli») va Xulian Andres Kinones («Al Qodisiya») ham o‘rin oldi.
G‘olib muxlislar va ekspertlar ovozi asosida aniqlanadi.