Live
1
O'zbek

«Real» Kurtuaning tez-tez jarohat olishi sabab Trubinni sotib olmoqchi

Futbol
14 iyul, 01:30
«Benfika»da ukrainalik posbon va Mourino o'rtasida yaxshi munosabatlar mavjud bo'lgani aytilmoqda.
«Real» Kurtuaning tez-tez jarohat olishi sabab Trubinni sotib olmoqchi
Foto: Getty Images

«Real» Thibaut Kurtuaning tez-tez jarohat olishi sababli «Benfika» darvozaboni Anatoliy Trubinni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Ma'lum qilinishicha, Madrid klubi ukrainalik darvozabonni kelajak uchun munosib variant sifatida baholamoqda. Shuningdek, «Benfika»da Trubin va Jose Mourino o'rtasida yaxshi munosabatlar mavjud bo'lgani ta'kidlanmoqda.

Ma'lumot o'rnida, Trubin 2023 yildan buyon «Benfika» safida to'p tepayapti. U Portugaliya klubiga «Shahtyor»dan ko'chib o'tgan.

O'tgan mavsum ukrainalik darvozabon barcha musobaqalarda 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 tasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Avvalroq Trubin «Real» darvozasiga gol urg'an tarixdagi ilk posbonga aylangani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

30+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar