Live
1
O'zbek

“Real” 2025 yilda tijoriy daromad va chiptalar savdosi tushumi bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Futbol
27 fevral, 03:50
Madrid klubi ikki moliyaviy ko‘rsatkich bo‘yicha hech bir jamoa erishmagan marrani zabt etdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
“Real” 2025 yilda tijoriy daromad va chiptalar savdosi tushumi bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Foto: Getty Images

“Real” 2025 yili moliyaviy jihatdan rekord o‘rnatdi.

Madrid klubining umumiy tijoriy daromadi 568 million yevroga yetdi. “Qaymoqranglilar” 500 millionlik marraga erishgan ilk klubga aylandi.

“Barselona”ga esa bu marraga atigi bir million yevro yetmay qoldi — ularning ko‘rsatkichi 499 million yevroni tashkil qildi.

Top-10dan “Manchester Siti” (426 mln), “Bavariya” (402), “Manchester Yunayted” (384), “Liverpul” (382), “PSJ” (349), “Arsenal” (313), “Tottenhem” (298) va “Borussiya D” (237) ham joy oldi.

Shuningdek, “Real” o‘yinlar o‘tkazish orqali 200 million yevrodan ortiq daromad olgan ilk klubga aylandi. Chiptalar savdosidan tushum 222 million yevroga yetdi.

Bu borada o‘nlikda “Arsenal” (183 mln), “PSJ” (175), “Manchester Yunayted” (155), “Tottenhem” (150), “Bavariya” (147), “Liverpul” (138), “Chelsi” (105) va “Inter” (93) ham bor.

Avvalroq 2025 yilda eng ko‘p daromad qilgan 25 ta klub e’lon qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar