Live
2
O'zbek

PFL Vadim Abramovni rasman ogohlantirdi

Futbol
16 may, 13:08
«Dinamo» bosh murabbiyi ketma-ket ikki uchrashuvdan keyin matbuot anjumanida qatnashmadi.
PFL Vadim Abramovni rasman ogohlantirdi
Foto: PFL
15.05.2026 FT Oʻzbekiston Kubogi Lokomotiv Tashkent Lokomotiv Tashkent 2 : 2 Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand

O‘zbekiston Professional futbol ligasi «Dinamo» bosh murabbiyi Vadim Abramovni rasman ogohlantirdi.

Samarqand klubi O‘zbekiston kubogi B guruhi doirasida hozirga qadar ikki uchrashuv o‘tkazdi. Jamoa 10 may kuni o‘z maydonida «G‘azalkent»ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, 15 may kuni Toshkentda «Lokomotiv» bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

Har ikki bahsdan keyingi matbuot anjumanida bosh murabbiy o‘rniga yordamchi murabbiy Marat Miftaxutdinov ishtirok etdi. Vadim Abramov esa reglament talablariga zid ravishda anjumanda qatnashmadi.

PFL bayonotida qayd etilishicha, mutaxassisning mavsum davomida ilk bor matbuot anjumanida ishtirok etmagani vazminlik bilan qabul qilingan. Biroq ketma-ket ikkinchi bor shu holat takrorlangani reglament talablariga nisbatan hurmatsizlik sifatida baholangan.

Shundan kelib chiqib, masala Liga Tartib-intizom qo‘mitasiga oshirilgan.

PFL, shuningdek, Liga tomonidan berilgan litsenziya asosida uchrashuvda ishtirok etayotgan barcha rasmiy shaxslar musobaqa nizomlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi shartligini eslatib o‘tdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lokomotiv Tashkent Lokomotiv Tashkent
  • Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand
  • Oʻzbekiston Kubogi Oʻzbekiston Kubogi
Bugungi yangiliklar