«Chelsi» yarimhimoyachisi Koul Palmer «Manchester Yunayted»ga o‘tish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor, deb xabar beradi Daily Mail.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, 24 yoshli angliyalik futbolchi 2025-yil yozidayoq «Manchester Yunayted»ga o‘tishni istagan, endi esa agar manchesterliklar hali ham transferga qiziqish bildirayotgan bo‘lsa, muzokaralarni qayta tiklashga tayyor.
Hozirgi paytda «Yunayted» uchun asosiy ustuvor vazifa jamoadagi boshqa pozitsiyalardir, shuning uchun klub qaror qabul qilishga shoshilmayapti.
Avvalroq, Palmer Manchesterdagi hayotni sog‘inishi haqida xabar berilgandi. U «Manchester Siti» tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2023-yil sentyabrida «Chelsi»ga o‘tgan edi.
Ushbu mavsumda yarimhimoyachi barcha musobaqalarda 27 o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma yetkazib berdi.