«Bavariya» vingeri Maykl Olise Bundesligada mavsumning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. Bu natija futbolchilar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma yakunlariga ko'ra aniqlandi.
Kicker an'anaviy tarzda mavsum oxirida Germaniya chempionatidagi 199 nafar futbolchi orasida so'rovnoma o'tkazib, eng yaxshilarni aniqladi.
Maykl Olise 40,7% ovoz to'plab birinchi o'rinni egalladi. Top-3dan Yan Diomande («Leyptsig») 15,1% va Luka Vushkovich («Hamburg») 11,1% ovoz bilan joy oldi.
Mavsumning eng yaxshi to'purar bo'lgan, myunxenliklar forvardi Harri Keyn esa 10,1% ovoz bilan to'rtinchi o'rinni egalladi.
Olise — futbolchilar talqiniga ko'ra Bundesligada mavsum o'yinchisi
Futbol
31 may, 12:05
Chempionat to'purar Kane kutilmaganda 4-o'rinni egalladi.
Foto: Getty Images