Maykl Olise Bundesligada mavsumning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.
«Bavariya»ning 24 yoshli vingeri muxlislar, klub vakillari va ekspertlar ovoz bergan so'rovnomada birinchi bo'ldi. U soʻnggi turdan oʻrin olgan “Kyoln”ga (5:1) qarshi bahsdan soʻng mukofotni qabul qilib oldi.
Fransiyalik futbolchi yakunlangan mavsumda Germaniya yuqori divizionida 32 o'yin o'tkazib, 15 gol va 19 golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. U liganing eng yaxshi assistentiga aylandi.
Shuningdek, mavsumning eng yaxshi darvozaboni ham aniqlandi. Bu borada «Borussiya D» vakili Gregor Kobel e'tirof etildi.
Shveytsariyalik 28 yoshli posbon yakunlangan mavsumda ligada eng ko'p «quruq o'yin» (15) o'tkazdi va bu borada dortmundliklar rekordchisi Roman Voydenfellerning 2011/12 yilgi mavsumdagi natijasini takrorladi.
