Live
2
O'zbek

«Navbahor» uchun ruhiy jihatdan oson bo'lmaydi» - Islom Ahmedov 15-tur oldidan qanday fikrda?

Eksklyuziv
1 avgust, 06:53
Bu birinchi davraining so'nggi tur bahslari hisoblanadi.
«Navbahor» uchun ruhiy jihatdan oson bo'lmaydi» - Islom Ahmedov 15-tur oldidan qanday fikrda?
Фото: ЎФА

1-3 avgust kunlari Superliganing 15-tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Bu birinchi davraining so'nggi tur bahslari hisoblanadi.

Turning markaziy uchrashuvlari sifatida «Andijon» - «Paxtakor», «Dinamo» - «Neftchi» kabi uchrashuvlar e'tirof etilmoqda. Tabiiyki, intrigaga boy o'yinlar kutmoqda.

Yurtimizdagi tajribali mutaxassislardan biri Islom Ahmedov 15-tur oldidan jamoalarning imkoniyatlarini quyidagicha baholadi.

1 avgust
19:30. Andijon – Paxtakor

- «Andijon» o'z maydonida, o'z muxlislari qo'llab-quvvatlovi ostida maydonga tushadi. Jamoa barcha chiziqlarda yaxshi shakllangan tarkibga ega. Futbolchilar to'p bilan ham, to'psiz ham maydonda nima qilish kerakligini yaxshi biladi. O'yin uslubi aniq shakllangan, jamoada esa xarakter va iroda bor.
Taxmin: 60/40 — «Andijon» foydasiga.

20:30. Buxoro – Lokomotiv

- Agar «Buxoro» o'ziga xos o'yin uslubini saqlab qolsa, ya'ni himoyadan harakat qilib, tezkor qarshi hujumlardan samarali foydalansa, bu uchrashuvda g'alaba qozonish imkoniyati yuqori.
Taxmin: 60/40 — «Buxoro» foydasiga.

2 avgust
19:30. Navbahor – Xorazm

- «Navbahor» uchun ruhiy jihatdan oson bo'lmaydi, chunki jamoa ancha vaqtdan beri g'alaba qozona olmayapti. Ammo agar ular ruhiy bosimni yengib o'tib, o'z o'yinini namoyish eta olsa hamda raqib darvozasi oldida yaratayotgan imkoniyatlardan unumli foydalansa, g'alaba qozonishi mumkin.
Taxminan: 60/40 — «Navbahor» foydasiga.

20:00. Mash'al – So'g'diyona

- Bu og'ir va keskin kurashlarga boy o'yin bo'ladi. Har ikki jamoa uchun ham natija muhim, chunki g'alaba har ikkisi uchun suv va havodek zarur. Qaysi jamoa o'z imkoniyatlaridan yaxshiroq foydalansa, o'sha g'alaba qozonadi.
Taxmin: 50/50.

3 avgust
19:30. Qo'qon-1912 – Surxon

- Agar «Surxon» «Andijon»ga qarshi o'yindagi saviyasini yana namoyish eta olsa, ularning g'alaba qozonish ehtimoli yuqori bo'ladi.
Taxmin: 40/60 — «Surxon» foydasiga.

20:00. OKMK – Nasaf

- OKMK — xarakterli va har bir bahsda g'alaba qozonishga intiluvchi jamoa. Buni ular joriy chempionat davomida bir necha bor isbotlab bo'lishdi. «Nasaf»da ham o'yin yaxshi yo'lga qo'yilgan. Shu bois bu juda qiziqarli va murosasiz bahs bo'lishi kutilmoqda.
Taxmin: 50/50.

20:30. Dinamo – Neftchi

- Har ikki jamoa ham o'yin uslubi jihatidan o'xshash futbol namoyish etadi. Ular to'pni nazorat qilishga, hujumlarni bosqichma-bosqich tashkil etishga va bosim ostida ham o'zini erkin his qilishga odatlangan. Agar «Neftchi» o'zining yetakchi futbolchilaridan to'g'ri foydalana olsa, g'alaba qozonish imkoniyati ko'proq aynan ular tomonida bo'ladi.
Taxmin: 55/45 — «Neftchi» foydasiga.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar