Fransiya chempionatidagi «Nant» — «Tuluza» uchrashuvi 22-daqiqada tartibsizliklar sabab to‘xtatildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, niqob taqqan bir necha ultras muxlislar maydonga yugurib chiqib, pirotexnika vositalaridan foydalangan.
Muxlislarning noroziligiga klubning Liga 1’dan chiqib ketgani sabab bo‘lgan. Ular mavsum yakunida jamoa va rahbariyatga o‘z e’tirozlarini keskin tarzda bildirishga uringan.
Qayd etilishicha, muxlislar hatto bosh murabbiy Vohid Halilhodjich tomon ham tashlangan. 74 yoshli mutaxassis ularni tinchlantirishga uringan, biroq buning uddasidan chiqa olmagan.
Shundan so‘ng futbolchilar va murabbiylar zudlik bilan kiyinish xonasiga yo‘l olgan. Halilhodjichning ahvoli ham yomonlashgani aytilmoqda.
E’tiborlisi, ushbu bahs tajribali murabbiy faoliyatidagi so‘nggi o‘yin bo‘lishi kerak edi.
Yakunda tartibsizliklar davom etgani sabab uchrashuv bekor qilindi.
