Dortmundning «Borussiya» klubida to‘p tepayotgan Karim Adeyemi yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
TEAMtalk tarqatgan xabarga ko‘ra, 24 yoshli germaniyalik futbolchi uchun asosiy da’vogarlar «Manchester Yunayted» hamda «Chelsi» hisoblanadi.
Manbada aytilishicha, manchesterliklar Chempionlar ligasidagi ishtirok transfer masalasida muhim rol o‘ynashiga umid qilmoqda. London klubi esa allaqachon futbolchi vakillari bilan aloqa o‘rnatgan.
Shuningdek, Adeyemining vaziyatini «Liverpul» va PSJ ham kuzatib bormoqda.
Hujumchining Dortmund klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Biroq tomonlar yangi bitim borasida hozircha kelishuvga erisha olmagan.
Qayd etilishicha, «Borussiya» futbolchini 60–70 million yevro atrofidagi taklif evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.