Live
1
O'zbek

"MYu" Fernandesh bilan muzokaralarni vaqtincha to'xtatdi

Futbol
5 iyun, 01:18
Brununing "qizil iblislar" bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"MYu" Fernandesh bilan muzokaralarni vaqtincha to'xtatdi
Фото: Getty Images

"Manchester Yunayted" klubi yarimhimoyachi Brunu Fernandesh bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni keyinga qoldirishga qaror qildi.

Mirror nashri habar berishicha, mankunianliklar portugaliyalik 32 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirishdan manfaatdor. Fernandesh bo'yicha klubda hech qanday ikkilanmaslik yo'q.

Qayd etilishicha, muzokaralar yil yakuniga qadar qayta tiklanadi. Kelishuv rasmiy ravishda uzaytirilishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Brununing "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. U 2020 yildan beri ingliz klubida to'p tepib kelmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar