Live
1
O'zbek

«Milan» Zalevskini 40 mln yevroga sotib olishi mumkin

Futbol
17 sentabr, 07:00
Polshalik yarimhimoyachiga «Milan» va «Napoli» klublari qiziqish bildirmoqda.
«Milan» Zalevskini 40 mln yevroga sotib olishi mumkin
Foto: Getty Images

Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotiga ko‘ra, «Atalanta» yarimhimoyachisi Nikola Zalevski «Milan» va «Napoli» qiziqishlari doirasiga tushgan.

«Atalanta» 24 yoshli futbolchining transferidan 35–40 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.

Zalevski ushbu mavsumda Italiya chempionatida uchta bahsda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, polshalik futbolchi 2025 yil avgustidan buyon «Atalanta» safida o‘ynamoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yil iyunigacha mo‘ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atalanta Atalanta
  • Milan Milan
  • Napoli Napoli
Bugungi yangiliklar