Live
1
O'zbek

Meksika prezidenti: «FIFA o‘yinlarni dastlabki belgilangan joylardan boshqa yerga ko‘chirib bo‘lmasligi haqida qaror qabul qildi»

Futbol
11 aprel, 04:10
Sheynbaum Eronning mundial guruh bosqichidagi o‘yinlari AQShdan Meksikaga ko‘chirilmasligini tasdiqladi.
Meksika prezidenti: «FIFA o‘yinlarni dastlabki belgilangan joylardan boshqa yerga ko‘chirib bo‘lmasligi haqida qaror qabul qildi»
Foto: Getty Images

Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum Eron milliy jamoasining jahon chempionati guruh bosqichidagi o‘yinlari AQShdan Meksikaga ko‘chirilmasligini tasdiqladi.

«FIFA o‘yinlarni dastlabki belgilangan joylardan boshqa yerga ko‘chirib bo‘lmasligi haqida qaror qabul qildi. Bunday qadam tashkilotdan juda katta logistik sa'y-harakatlarni talab qilgan bo‘lardi», – dedi Sheynbaum.

Bundan avval FIFA prezidenti Janni Infantino AQSh va Isroilning harbiy operatsiyasiga qaramay, Eron milliy jamoasi jahon chempionatiga kelishini ta'kidlagandi. Mart oyida Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Toj tashkilot FIFA bilan jamoa o‘yinlarini Meksikaga ko‘chirish masalasini muhokama qilayotganini ma'lum qilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar