FIFA prezidenti Janni Infantino Eron va Kosta-Rika (5:0) milliy jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik bellashuviga tashrif buyurib, eronlik jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
«Shaxsan kelib, sizlarga shuni aytmoqchi edim: butun jahon futboli oilasi sizlar bilan hamdard. Vaziyatni tushunaman va har qanday inson kabi ota yoki ona o‘z farzandini yo‘qotganda bu qanchalik og‘ir ekanini anglayman. Bunday sharoitda futbol butun dunyo odamlari uchun juda ijobiy rol o‘ynashi mumkin.
Biz siyosat bilan shug‘ullanmaymiz, chunki siyosatchilar emasmiz. Bizning ishimiz — futbol, u orqali qila oladigan eng muhim ishimiz — odamlarni birlashtirish.
Eron milliy jamoasining o‘quv-yig‘in o‘tkazayotganidan juda xursandman va ommaviy axborot vositalarida aytganimdek, bizda bu jamoa uchun faqat bitta reja bor. Eron Jahon chempionatiga yo‘llanma olgan va ushbu musobaqada ishtirok etadi.
Shaxsan men barchasi tartib bilan o‘tishi uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman.
Sizlar Eron xalqiga juda muhim xabar yetkazasiz. Milliy jamoa ularningniki. Mamlakatingizda 90 million eronlik va yana millionlab insonlar xorijda yashaydi. Ularning barchasi o‘z milliy jamoasi bilan faxrlanadi. Bu — futbol, siyosat emas.
Hozirdan boshlab Jahon chempionatigacha men Eron milliy jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman. Agar sizlar o‘quv-yig‘in o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz yoki xorijda bo‘lish bilan bog‘liq har qanday masala yuzaga kelsa — nima bo‘lishidan qat’i nazar, yordam beraman. Istalgan vaqtda aloqada bo‘ling — sizlarning xizmatingizdaman va yordam kerak bo‘lsa, albatta ko‘maklashaman», — deya Infantinoning so‘zlarini keltiradi Alisher Nikimbaev o‘z telegram kanalida.