"Liverpul" APLda 60 ta turli stadionda g'alaba qozongan ilk jamoaga aylandi. Bu haqida Squawka statistik portali xabar berdi.
"Qizillar" APL 33-tur doirasidagi o'yinda safarda "Everton"ni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. 90+10-daqiqada Virjil van Deyk g'alaba golini urib, "Liverpul"ga "Hill Dikinson" stadionidagi ilk Mersisayd derbisida 3 ochko keltirdi.
Ushbu qarama-qarshilikdan so'ng "Everton" 47 ochko bilan turnir jadvalida 10-o'rinda joylashgan bo'lsa, "Liverpul" 55 ochko to'plagan holda 5-pog'onada bormoqda.