Bugun
15
O'zbek

«Lill» JCH-2026 qahramonini tarkibiga qo‘shib oladi

Futbol
23 avgust, 06:40
Fransiya klubi Paragvay safida porlagan Orlando Gill transferini «San-Lorenso» bilan kelishib oldi.
«Lill» JCH-2026 qahramonini tarkibiga qo‘shib oladi
Foto: Getty Images

«Lill» «San-Lorenso» darvozaboni Orlando Gill transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Tomonlar 20 yoshli futbolchining transferi borasida kelishuvga erishgan. Gill Fransiya klubiga 3,6 million yevro evaziga ko‘chib o‘tadi. Shuningdek, «San-Lorenso» futbolchining keyingi transferidan 50 foiz ulush olishi belgilangan.

Gill «Lill» bilan shaxsiy shartnoma shartlarini allaqachon kelishib olgan. Paragvaylik futbolchi yangi jamoasida bosh murabbiy Davide Anchelotti qo‘l ostida faoliyat olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lille Lille
Bugungi yangiliklar