Fransiya chempionati 2-turida "Renn" "Loryan" bilan bahs yuritib, 11-daqiqadayoq ikki kishi kam bo'lib qoldi va yakunda yirik hisobda yutqazdi.
O'yinning 6-daqiqasida mehmonlar yarimhimoyachisi Mahdi Kamara keskin qo'pollik uchun, 11-daqiqada esa o'ng qanot himoyachisi Kristofer Vu raqibning ortidan chalgani uchun hakam Jerom Brisar tomonidan chetlatildi.
9 kishi bo'lib qolganiga qaramay, "Renn" birinchi bo'limda uzoq vaqt darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi, faqat 45+4-daqiqada dastlabki to'p kiritildi.
Qizig'i, "Renn" 1-turdagi "Marsel" bilan o'yinda ham birinchi bo'limda, aniqrog'i 31-daqiqada qizil kartochka olgan, ammo yakunda g'alaba qozongandi — 1:0.
Liga 1. 2-tur
Loryan — Renn 4:0
24 avgust, "Stad dyu Mustuar"
Gollar: Sumano (45+4), Ayegun (47), Paji (65), Le Bris (69).
Chetlatishlar: Kamara (6), Vu (11).