Fransiya chempionatida 18-turning bir qancha o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
"Lion" (33) o‘z uyida "Brest"ni (22, 10-o‘rin) mag‘lub etib, 4-o‘ringa ko‘tarildi. Mezbonlar safida "Real"dan ijaraga olingan hujumchi Endrik assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Shuningdek, tur doirasida "Strasburg" (27, 7-o‘rin) va "FK Parij" (19, 13-o‘rin) klublari ham g‘alaba qozonishdi.
Liga 1. 18-tur. 18 yanvar
Lion — Brest 2:1
Gollar: Shults (41), Vinisius (45+1) — Dina (87).
Strasburg — Mets 2:1
Gollar: Moreyra (12), Godo (43) — Eyn (24, penalti).
Renn — Gavr 1:1
Gollar: Embolo (86) — Mambimbi (69).
Nant — FK Parij 1:2
Gollar: Ablin (50) — Kebbal (6), Koleosho (78).