"Koventri" bosh murabbiyi Frenk Lempard Chempionshipdagi muvaffaqiyatdan so'ng "Kristal Pelas"ni boshqarishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
"Koventri" 47 yoshli mutaxassis qo'l ostida mavsumni ajoyib o'tkazdi. Biroq endilikda Frenk bilan boshqa jamoalar ham hamkorlik qilish niyatida.
Qayd etilishicha, "Kristal Pelas" Lempardni mavsum yakunida jamoani tark etadigan Oliver Glasner o'rniga asosiy nomzod sifatida ko'rmoqda. Ma'lumot o'rnida, angliyalik mutaxassis 2024 yil noyabr oyidan buyon "Koventri"ni boshqarib kelmoqda.
Avvalroq jamoa Chempionshipda 1-o'rinni kafolatlab, to'g'ridan-to'g'ri APLga yo'llanmani qo'lga kiritgandi. E'tiborlisi, klub 25 yildan beri yuqori divizionga chiqa olmayotgandi.
Ayni paytda "Kristal Pelas" APL turnir jadvalida 13-o'rinda bormoqda.