Live
5
O'zbek

«Koventri Siti» Chempionshipda muddatidan avval chempion bo‘ldi

Futbol
22 aprel, 03:54
Frank Lempard jamoasi 25 yillik tanaffusdan so‘ng APLga qaytadi.
«Koventri Siti» Chempionshipda muddatidan avval chempion bo‘ldi
Foto: Getty Images

Angliya Chempionship 44-turi doirasida «Koventri Siti» o‘z maydonida «Portsmut»ni 5:1 hisobida mag‘lub etib, muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Bellashuvda Xaji Rayt (12), Meyson-Klark (47, 76), Puhl (50) va Kessler-Xeyden (90+1) gollar muallifiga aylandi. Mehmonlarning yagona javob to‘pini Segechich (69) kiritdi.

Mazkur natijadan so‘ng «Koventri» raqiblar uchun yetib bo‘lmas darajaga chiqdi va mavsum tugashiga ikki tur qolganida chempionlikni rasmiylashtirdi.

Qayd etish joiz, jamoa o‘tgan turda «Blekbern» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynab, Angliya Premyer-ligasiga yo‘llanmani ham qo‘lga kiritgandi. Klub 25 yil ichida ilk bor oliy divizionga qaytadi.

Ma’lumot uchun, jamoa bosh murabbiyi Frank Lempard Chempionshipda mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. U «Koventri»ni 2024 yil noyabr oyidan buyon boshqarib kelmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Koventri Siti Koventri Siti
Bugungi yangiliklar