Live
2
O'zbek

La Liga. "Real"ning Kataloniyadagi o'yinga tarkibi ma'lum

Futbol
3 may, 14:15
Madrid klubi bugun ham ochko yo'qotsa, "Barselona" klassiko oldidan chempionlikni qo'lga kiritadi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
La Liga. "Real"ning Kataloniyadagi o'yinga tarkibi ma'lum
Foto: Real Madrid
03.05.2026 FT Ispaniya La Ligasi Espanyol Espanyol 0 : 2 Real Madrid Real Madrid

Ispaniya chempionatining 34-turida "Real" Kataloniyada "Espanyol" bilan bahs yuritadi.

Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadigan va Zo'rTV telekanali orqali efirga uzatiladigan bellashuv uchun tarkiblar e'lon qilindi.

Madrid klubi 74 ochko bilan 2-o'rinni egallab turibdi va agar bu safar ham ochko yo'qotsa, "Barselona" (88) muddatidan avval chempionga aylanadi. "Espanyol" (39) esa 13-pog'onaga joylashgan.

La Liga. 34-tur
Espanyol — Real
3 may, "RCDE Stadium"
Espanyol — Dmitrovich, Al Hiloli, Kalero, Cabrera, Romero, Terrats, Gonsales, Sanches, Eksposito, Dolan, Fernandes.
Real — Lunin, Trent, Ryudiger, Heysen, Mendi, Valverde, Chuameni, Pitarch, Bellinghem, Dias, Vinisius.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Espanyol Espanyol
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar