Ispaniya chempionatining 36-turidan o‘rin olgan "Osasuna" va "Atletiko" bellashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yin 2:1 hisobida "matraschilar"ning g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.
Birinchi golni 15-daqiqada penaltidan "Atletiko" hujumchisi Ademola Lukman kiritdi. 72-daqiqada Aleksandr Syerlot hisobni ikki barobar oshirdi. 90+1-daqiqada mezbonlar safida Enrike Barxa gol kiritib, uchrashuv hisobini 1:2 qilib belgiladi.
Shu tariqa, 36 turdan so‘ng "Atletiko" 66 ochko bilan turnir jadvalida 4-o‘rinda, "Osasuna" esa 42 ochko bilan 11-o‘rinda turadi.
La Liga. 36-tur
Osasuna – Atletiko 1:2
Gollar: Barxa 90+1 – Lukman 15 penalti, Syerlot 72
Osasuna: Fernandes, Roze, Katena, Boyomo, Galan, Monkayola, Torro (Oroz, 72), Garsiya, Gomes, Moro (Barxa, 37), Budimir.
Atletiko M: Musso, Rujjeri, Liorente, Hansko, Pubil, Mendosa (Le Norman, 18), Koke, Vargas, Almada (Syerlot, 46), Grizmann, Lukman.