Live
2
O'zbek

La Liga. 6 ta gol urilgan bahsda «Real Sosyedad» va «Rayo Valyekano» durang o‘ynadi

Futbol
26 aprel, 10:30
Uchrashuv so‘nggi daqiqalarda dramatik tus oldi.
La Liga. 6 ta gol urilgan bahsda «Real Sosyedad» va «Rayo Valyekano» durang o‘ynadi
Foto: Getty Images
26.04.2026 FT Ispaniya La Ligasi Rayo Vallecano Rayo Vallecano 3 : 3 Real Sociedad Real Sociedad

La Liganing 32-turida «Rayo Valyekano» va «Real Sosyedad» o‘rtasidagi bahs 3:3 hisobida yakunlandi.

Hisobni 22-daqiqada Mikel Oyarzabal ochdi. 30-daqiqada Serxio Kamelyo muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘limda Orri Oskarsson mehmonlarni yana oldinga olib chiqdi, 76-daqiqada esa Oyarzabal penaltidan dubl qayd etdi — 3:1.

Bahs oxirida «Rayo» kambek amalga oshirdi: 84-daqiqada Lejen hisobni qisqartirdi, 90+9-daqiqada esa Juravskiy muvozanatni tikladi.

90+12-daqiqada Isi Palason qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

Mazkur natijadan so‘ng «Real Sosyedad» 43 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda. «Rayo Valyekano» esa 39 ochko bilan 11-pog‘onani egallab turibdi.

La Liga. 32-tur
Rayo Valyekano – Real Sosyedad 3:3
Gollar: Oyarzabal 22 (0:1), Kamelyo 30 (1:1), Oskarsson 63 (1:2), Oyarzabal 76, penalti (1:3), Lejen 84 (2:3), Juravskiy 90+9 (3:3).
Chetlatish: Palason 90+12 (Rayo Valyekano).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Rayo Vallecano Rayo Vallecano
  • Real Sociedad Real Sociedad
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar