Bugun
17
O'zbek

Kovach: "Borussiya kelasi mavsumda ham "Bavariya"ga raqobat qila olmaydi. Ular ko'p mablag' va superyulduzlar bor"

Futbol
18 may, 15:45
Bundesligada 2-o'rinni egallagan klub ustozı yangi mavsum boshlanmay turib, Myunxen klubining ustunligini tan oldi.
Kovach: "Borussiya kelasi mavsumda ham "Bavariya"ga raqobat qila olmaydi. Ular ko'p mablag' va superyulduzlar bor"
Foto: Getty Images

"Borussiya D" bosh murabbiyi Niko Kovach uning jamoasi kelasi mavsumda "Bavariya" bilan chempionlik uchun kurasha olishi qiyinligini aytdi.

Dortmun klubi 2025/26 yilgi mavsumni Bundesligada ikkinchi o'rinda yakunladi va myunxenliklardan 16 ochkoga ortda qoldi.

"Bilaman, hamma ko'prog'ini kutayapti — yuqoriroq, uzoqroq, tezroq. Ammo kelasi yili biz "Bavariya"ga jiddiy raqobat qila olamiz, deb o'ylamayman.

Men sodda emasman — realistman va vaziyatga istiqboldan qarashga harakat qilaman. "Bavariya"da biznikidan ancha ko'p mablag' va superyulduzlar bor", — dedi avval Myunxen klubida ham ishlagan xorvatiyalik mutaxassis Westdeutsche Allgemeine Zeitung'ga bergan intervyusida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Borussiya D Borussiya D
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Bugungi yangiliklar