Antonio Konte endi «Napoli» bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib bormaydi.
Klub prezidenti Aurelio De Laurentis 56 yoshli mutaxassis jamoani tark etayotganini rasman tasdiqladi.
Konte neapolliklar boshqaruviga 2024-yil yozida kelgandi. U ilk mavsumidayoq jamoani A Seriya chempioniga aylantirdi.
Ikkinchi mavsumda esa «Napoli» Italiya chempionatini kumush medallar bilan yakunladi.
Ma’lumot uchun, hozircha klub Antonio Kontening o‘rnini kim egallashi haqida rasmiy ma’lumot bermagan.