Yevropa qit'asida 2026 yilgi Jahon chempionatiga chiqish uchun saralash pley-offining yarimfinal bahslari boshlandi.
Turkiya milliy jamoasi o'z uyida Ruminiyani minimal hisobda mag'lubiyatga uchratib, final bahsiga yo'l oldi. Kadio'g'li Gulerning uzatmasidan so'ng ruminlar darvozasini ishg'ol qildi.
Endi Montella boshqaruvidagi turklar 31 mart kuni safarda Slovakiya — Kosovo juftligi g'olibiga qarshi to'qnash kelishadi va o'sha o'yinda mundial ishtirokchisi aniqlanadi.
JCH-2026 saralashi. Yevropa
Pley-off. Yarimfinal
Turkiya — Ruminiya 1:0
26 mart. Istanbul. «Tupras»
Gol: Kadio'g'li (53).
Turkiya — Chaqir, Muldur, Akaydin, Bardakchi, Kadio'g'li, Yuksak, Chalhono'g'li (Qahvachi, 90), Yilmaz (Ko'kchu, 78), Guler (Qoboq, 90), Yildiz, Akturko'g'li.
Ruminiya — Radu, Ratsiu, Dragushin, Burke, Banku, Marin (Tanase, 66), Dragomir, Man, Haji (Stanchu, 71), Mihaile (Bayram, 88), Birliha (Mikulesku, 88).
Ogohlantirishlar: Dragomir (18), Qahvachi (90+2), Akturko'g'li (90+2).